Jamiyat eʼlonlari
«Rioya qil yoki tushuntir»
(«Comply or explain», «Соблюдай или объясняй») tamoyili
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ «Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha» Komissiya yigʻilishining 2015-yil 31-dekabrdagi bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga aksiyadorlar umumiy yigʻilishining 2019-yil 15-iyundagi qaroriga asosan oʻzining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda ixtiyoriy ravishda amal qilmoqda.
2021-yil 1-yanvardan 2021-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr mobaynida «Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ oʻz faoliyatini Korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda olib bordi va kelgusida ham ularga rioya qilishni koʻzlaydi.
Shu bilan birga, hisobot davrida Kodeksning tavsiyalari baʼzi istisnolar bilan amalga oshirildi, jumladan:
I. Kodeksning II boʻlimi, 12-bandi, 3-xatboshisi tavsiyasi boʻyicha…
Oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarning jamiyat sayti va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalarda ingliz tilidagi tarjimasini ham joylashtirish choralari koʻrib chiqilmoqda.
II. Kodeksning III boʻlimi 15-bandi, 6-xatboshisi tavsiyasi boʻyicha…
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonuniga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlarni amalga oshirish va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish masalalari kiritilgan.
Shu bilan birga, jamiyat joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan bitimlarni aniqlash masalasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishida koʻrib chiqilishi rejalashtirilmoqda.
III. Mazkur bandning 8 va 10-xatboshilari tavsiyasi boʻyicha…
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yigʻilishlarida oʻzining vakillarini jamiyat nomidan ovoz berish tartibini belgilash, shuningdek jamiyat ijro organidan muntazam ravishda jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ularning tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq, bajarilgan ishlar va erishilgan koʻrsatkichlar toʻgʻrisida hisobot talab qilinishi boʻyicha tavsiyasini amalda qoʻllash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
IV. Kodeksning VI boʻlimi 25-bandi, 10-xatboshisi tavsiyasi boʻyicha…
Jamiyatda korporativ qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi alohida boʻlim tashkil etilgan boʻlib, 2021-yil uchun korporativ maslahatchi lavozimini joriy etishga zarurat boʻlmagan.