Eʼlon
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 7-martda oʻtkazilishi haqida xabar beradi.
-
Sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini muddatsiz tasdiqlash toʻgʻrisida.
-
Binolar va inshootlarni «Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ ustav fondiga ulush sifatida topshirish boʻyicha yirik bitimni amalga oshirish toʻgʻrisida.
-
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ eʼlon qilingan aksiyalarining eng koʻp miqdorini belgilash toʻgʻrisida.
-
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ ustavini yangi tahrirda tasdiqlash toʻgʻrisida.
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): 140158, Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 7-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: uzqeq@mail.ru
Yigʻilish oʻtkaziladigan joy: Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 7-uy.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish: yigʻilish oʻtkaziladigan kuni soat 09-00 dan 10-00 gacha yigʻilish oʻtkaziladigan joyda.
Yigʻilishning boshlanishi: soat 10-00.
Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalarni jamiyat tomonidan sotib olinishini talab qilish huquqi, sotib olish narxi va tartibi toʻgʻrisida:
Oʻzbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunining 40-moddasiga asosan, ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar, agar ular kun tartibidagi ikkinchi masala — «Binolar va inshootlarni «Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ ustav fondiga ulush sifatida topshirish boʻyicha yirik bitimni amalga oshirish toʻgʻrisida» (mol-mulk sotib olish bilan bogʻliq yirik bitim) boʻyicha qaror qabul qilinishida qarshi ovoz bergan yoki uzrli sabablarga koʻra ovoz berishda qatnashmagan boʻlsa, jamiyatdan oʻzlariga tegishli aksiyalarning barchasi yoki bir qismini sotib olishni talab qilishga haqli. Yuqorida koʻrsatilgan Qonunga muvofiq ushbu masala boʻyicha ovoz berish aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqining vujudga kelishiga olib keladi.
Jamiyatdan oʻzlariga tegishli aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reyestri maʼlumotlari asosida 2025-yil 3-mart holatiga koʻra tuziladi.
Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni sotib olish haqidagi yozma talabi jamiyatga aksiyadorning yashash joyi (joylashgan yeri) va sotib olinishi talab qilinayotgan aksiyalar soni koʻrsatilgan holda yuboriladi. Aksiyadorlarning yozma talablari navbatdan tashqari umumiy yigʻilish tegishli qarorni qabul qilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatga taqdim etilishi kerak. Ushbu muddat tugagach, jamiyat oʻn kun ichida talab bildirgan aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olishi shart.
Aksiyalarni jamiyat tomonidan sotib olish ushbu aksiyalarning 2025-yil 11-fevral holatidagi bozor qiymati (birja kotirovkasi) boʻyicha — 26 520 soʻm miqdorida amalga oshiriladi. Jamiyat aksiyalarni sotib olishga yoʻnaltiradigan mablagʻlarning umumiy summasi aksiyadorlarda aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga olib kelgan qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn foizidan oshmasligi kerak. Agar sotib olish talab qilingan aksiyalarning umumiy soni yuqoridagi cheklovni hisobga olgan holda jamiyat sotib olishi mumkin boʻlgan aksiyalar sonidan oshsa, aksiyalar aksiyadorlardan bildirilgan talablarga mutanosib ravishda sotib olinadi.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda qatnashish va ovoz berish tartibi:
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda qatnashish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki oʻz vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador istalgan vaqtda navbatdan tashqari umumiy yigʻilishdagi oʻz vakilini almashtirishga yoki unda shaxsan qatnashishga haqli.
Aksiyadorning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishdagi vakili yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish koʻradi. Ovoz berish uchun ishonchnomada vakil qilayotgan va vakil toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport maʼlumotlari yoki ID-karta maʼlumotlari) boʻlishi kerak. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlanishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma uning rahbari imzosi bilan beriladi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi (muhri boʻlgan taqdirda).
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda ovoz berish «jamiyatning bitta ovoz beruvchi aksiyasi — bitta ovoz» tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda kun tartibidagi masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa maʼlumotlar:
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 11-fevral holatiga koʻra shakllantiriladi.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 3-mart holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlar yigʻilish materiallarini ish kunlari soat 10-00 dan 16-00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 7-uy manzilida olishga haqli. Maʼlumot uchun telefon: 0 (366) 222-09-79, 0 (366) 222-09-92.
Bosh direktor
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ Qurbonov J.N.