Barcha yangiliklar

Jamiyat eʼlonlari

«Oʻzqishloqelektrqurilish» aksiyadorlik jamiyati

Aksiyadorlarining 20.05.2021-yilda oʻtkazilgan 2020-yil yakunlari boʻyicha yillik umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar boʻyicha ovoz berish yakunlari:

  1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2020 moliyaviy yil yakunlari va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.

  2. Jamiyat Bosh direktorining 2020-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.

  3. Jamiyatning 2020-yil yakunlari boʻyicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti hamda 6 185 507,0 ming soʻmlik sof foydasi tasdiqlansin.

  4. Jamiyatning 2020-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini milliy va xalqaro tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish natijalari yuzasidan «Orient Audit Group» MChJ auditorlik tashkilotining xulosalari tasdiqlansin.

  5. Jamiyatning 2020-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan taftish komissiyasining hisoboti va xulosasi tasdiqlansin.

  6. Jamiyat tomonidan 2020 moliyaviy yil yakunlari boʻyicha olingan 6 185 507,0 ming soʻmlik sof foyda quyidagicha taqsimlansin, yaʼni:

  • 73,8 foizi (yaʼni 4 564 763 256 soʻmi) ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga;

  • 15 foizi (yaʼni 927 826 050 soʻmi) jamiyat zaxira fondiga yoʻnaltirish;

  • 4,2 foizi (yaʼni 259 791 294 soʻmi) umumiy yigʻilishga tayyorgarlik va oʻtkazishga qilinadigan harajatlarga, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, sanoq komissiyasi va ijroiya organi aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirishga;

  • 7 foizi (yaʼni 433 126 400 soʻmi) dividend toʻlovlari uchun (bunda har bir aksiya uchun 320 soʻmdan hisoblash);

Jismoniy shaxs boʻlgan aksiyadorlarga — naqd pul koʻrinishida va plastik kartochkalariga pul oʻtkazish yoʻli bilan dividend toʻlansin.

Yuridik shaxs boʻlgan aksiyadorlarga — bank orqali pul koʻchirish yoʻli bilan dividend toʻlansin.

Dividendlarni toʻlashni boshlash sanasi 31.05.2021-yil va tugash sanasi 19.07.2021-yil etib belgilansin.

  1. Jamiyat 2021-yil faoliyati uchun kuzatuv kengashi tarkibiga quyidagi nomzodlar saylangan deb hisoblansin:
№Kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlar roʻyxatiOvoz natijalari
1Sirajev Alisher Ziyayevich1 020 978
2Turabov Akmal Shodiyevich983 934
3Gimranova Gulnora Karimovna1 010 043
4Azimov Najib Mirzoqodirovich1 032 546
5Artiqov Sobirjon Sadullayevich1 032 546
6Muhammadiyev Tulqun Rahmatjonovich1 032 546
7Ibragimov Azamat Muqimovich1 032 546
8Usmanov Farhad Jauhatovich1 032 546
9Nosirov Dilshod Bahodirovich1 032 546
  1. Jamiyat 2021-yil faoliyati uchun taftish komissiyasi tarkibiga quyidagi nomzodlar saylangan deb hisoblansin:
№Nomzodlar roʻyxatiQisqa maʼlumot
1Chavdayeva Mohinur YasaviyevnaNafaqadagi aksiyador
2Ibragimov Jamshed AzamatogʻliFZE «Global engineering and construction» vakili
3Hakimov Bahtovar Davlatovich«Spey Medikal» MChJ vakili
  1. «Oʻzqishloqelektrqurilish» aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori lavozimiga Kaimov Hoshim Karimovich tayinlansin va bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuzilsin.

  2. Byulletenda qayd qilingan auditorlik tashkilotlari bilan shartnoma tuzilmasin.

Jamiyatning 2021-yilgi moliya-xoʻjalik faoliyatini milliy va xalqaro tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash va ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdorini belgilash boʻyicha jamiyat kuzatuv kengashiga vakolat berilsin va ushbu masala kuzatuv kengashining navbatdagi majlisida koʻrib chiqilsin.

  1. 19.05.2021-yildagi jamiyat buxgalteriyasi maʼlumotlari boʻyicha bugungi kunda dividend toʻlovlaridan 58 200 794,8 soʻmlik qarzdorlik mavjud ekanligi va bu mablagʻlar hozirgi kunda chet davlatda yashayotgan, vafot etgan va/yoki boshqa hollarda korxonaga nomaʼlum boʻlgan aksiyadorlar hissasiga toʻgʻri kelishligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Shuningdek ushbu (58 200 794,8 soʻmlik) qarzdorlikning 10 190 789,2 soʻmi 2013–2016-yillar yakunlari boʻyicha hisoblangan dividend toʻlovlari ekanligi va u oxirgi uch yil ichida aksiyadorlar tomonidan talab qilib olinmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va ushbu (10 190 789,2 soʻmlik) qarzdorlik Oʻzbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunining 51-moddasiga asosan jamiyat ixtiyorida qoldirilsin va jamiyat buxgalteriya yozuvlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.

  1. Jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari boʻyicha xulosa tasdiqlansin.

  2. Jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va sanoq komissiyasi aʼzolari, shuningdek jamoaning faol xodimlari jamiyatning 2020-yilgi faoliyati yuzasidan ragʻbatlantirilsin va ularga toʻlanadigan toʻlovlar miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  3. Ushbu qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash vazifasi jamiyat bosh direktori zimmasiga yuklatilsin.

Jamiyat eʼlonlari — «UZKEK» AJ