Barcha yangiliklar

Jamiyat eʼlonlari

«Oʻzqishloqelektrqurilish» aksiyadorlik jamiyati

Aksiyadorlarining 11.09.2020-yilda oʻtkazilgan 2019-yil yakunlari boʻyicha yillik umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar boʻyicha ovoz berish yakunlari:

  1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2019 moliyaviy yil yakunlari va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.

  2. Jamiyat Bosh direktorining 2019-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.

  3. Jamiyatning 2019-yil yakunlari boʻyicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti hamda 7 190 123,0 ming soʻmlik sof foydasi tasdiqlansin.

  4. Jamiyatning 2019-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini milliy va xalqaro tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish natijalari yuzasidan «Promstroy-Audit» MChJ auditorlik tashkilotining xulosalari tasdiqlansin.

  5. Jamiyatning 2019-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan taftish komissiyasining hisoboti va xulosasi tasdiqlansin.

  6. Jamiyat tomonidan 2019 moliyaviy yil yakunlari boʻyicha olingan 7 190 123,0 ming soʻmlik sof foyda quyidagicha taqsimlansin, yaʼni:

  • 2,6 foizi (yaʼni 186 943 200 soʻmi) umumiy yigʻilishga tayyorgarlik va oʻtkazishga qilinadigan harajatlarga, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, sanoq komissiyasi va jamoaning faol xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga;

  • 76,75 foizi (yaʼni 5 518 605 350 soʻmi) ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga;

  • 15 foizi (yaʼni 1 078 518 000 soʻmi) jamiyat zaxira fondiga;

  • 5,65 foizi (yaʼni 406 056 000 soʻmi) dividend toʻlovlari uchun yoʻnaltirilsin (bunda har bir aksiya uchun 300 soʻmdan hisoblansin).

  1. Jamiyat 2020-yil faoliyati uchun kuzatuv kengashi tarkibiga quyidagi nomzodlar saylangan deb hisoblansin:
№Kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlar roʻyxatiOvoz natijalari
1Sirajev Alisher Ziyayevich1 116 318
2Absalamov Baxtiyar Ashirbayevich1 395 936
3Gimranova Gulnora Karimovna1 058 778
4Turabov Akmal Shodiyevich890 064
5Qurbonov Mahsud Qurbonovich824 628
6Sattarov Abdulaziz Tugalovich1 064 228
7Gʻafurov Azizjon Mahmudjonovich1 064 227
8Farxodov Yigitali1 064 228
9Uralov Sherzod Inoyatillayevich1 064 227
  1. Jamiyat 2020-yil faoliyati uchun taftish komissiyasi tarkibiga quyidagi nomzodlar saylangan deb hisoblansin:
№Nomzodlar roʻyxatiQisqa maʼlumot
1Chavdayeva Mohinur YasaviyevnaNafaqadagi aksiyador
2Janiqulov Farrux ShavkatovichDavlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
3Sangilova Aziza BaxtiyarovnaDavlat aktivlarini boshqarish agentligi yetakchi mutaxassisi
  1. «Oʻzqishloqelektrqurilish» aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori lavozimiga Kaimov Hoshim Karimovich tayinlansin va bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuzilsin.

  2. «Orient Audit Group» MChJ bilan jamiyat moliyaviy hisobotini Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazish uchun 10 000,0 ming soʻmlik va milliy auditorlik standartlariga asosan oʻtkaziladigan auditorlik tekshiruvi boʻyicha jamiyat va uning taʼsischiligidagi korxonalar uchun jami 15 000,0 ming soʻmlik shartnoma tuzilsin.

  3. Jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari boʻyicha xulosa tasdiqlansin.

  4. Jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va sanoq komissiyasi aʼzolari, shuningdek jamoaning faol xodimlari jamiyatning 2019-yilgi faoliyati yuzasidan ragʻbatlantirilsin va ularga toʻlanadigan toʻlovlar miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  5. Ushbu qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash vazifasi jamiyat bosh direktori zimmasiga yuklatilsin.

Jamiyat eʼlonlari — «UZKEK» AJ