Barcha yangiliklar

Jamiyat eʼlonlari

Vaqtni boy bermang, hurmatli aksiyadorlar!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar singari foyda soligʻining 5 foiz stavkasi tatbiq etilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 42-moddasiga asosan aksiyador oʻziga oid pasport maʼlumotlaridagi oʻzgarishlar haqida xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga (investitsiya vositachisiga) oʻz vaqtida xabar berishi shart.

Shunga asosan, quyidagi hujjatlarni:

jismoniy shaxslar uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasporti va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi nusxalari (INN), telefon raqami, elektron pochta manzili, bank rekvizitlari, shu jumladan plastik karta maʼlumotlari koʻrsatilgan hamda imzolangan anketalarni;

yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtgan guvohnomasi, ustavi, taʼsis hujjatlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va KTUT kodi (rezident uchun), uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, telefon raqami va elektron pochta manzili koʻrsatilgan hamda imzo va muhri qoʻyilgan anketalarni taqdim etilishini soʻraydi.

Aksiyadorlar oʻziga tegishli boʻlgan aksiyalarning bugungi kundagi aniq qiymati va soni boʻyicha depo hisob varagʻidan koʻchirma nusxasini bepul olishi mumkin.

Hurmatli aksiyadorlar, ushbu maʼlumotlar yuzasidan jamiyat joylashgan manzil (Samarqand shahri, Buyuk ipak yoʻli, 7-uy)ga yoki «Depozitariy Samarqand Vaqt» MChJga murojaat etishingiz va hujjatlarni taqdim etishingiz mumkin.

Shuningdek, qoʻshimcha savollar mavjud boʻlgan taqdirda,

(90) 100-19-86 yoki (93) 295-52-25 raqamlariga murojaat etishingiz maqsadga muvofiqligini maʼlum qilamiz.

Jamiyat eʼlonlari — «UZKEK» AJ