Eʼlon, 2025-yil
XABARNOMA
AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIGʻILISHI OʻTKAZILISHI TOʻGʻRISIDA
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 16-aprelda oʻtkazilishi haqida xabar beradi.
-
Sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini muddatsiz tasdiqlash toʻgʻrisida.
-
Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan «Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisida.
-
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ aksiyalarini qoʻshimcha chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlash haqida.
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): 140158, Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 7-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: uzqeq@mail.ru
Yigʻilish oʻtkaziladigan joy: Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 7-uy.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish: yigʻilish oʻtkaziladigan kuni soat 09-00 dan 10-00 gacha yigʻilish oʻtkaziladigan joyda.
Yigʻilishning boshlanishi: soat 10-00.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda qatnashish va ovoz berish tartibi:
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda qatnashish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki oʻz vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador istalgan vaqtda navbatdan tashqari umumiy yigʻilishdagi oʻz vakilini almashtirishga yoki unda shaxsan qatnashishga haqli.
Aksiyadorning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishdagi vakili yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish koʻradi. Ovoz berish uchun ishonchnomada vakil qilayotgan va vakil toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport maʼlumotlari yoki ID-karta maʼlumotlari) boʻlishi kerak. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlanishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma uning rahbari imzosi bilan beriladi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi (muhri boʻlgan taqdirda).
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda ovoz berish «jamiyatning bitta ovoz beruvchi aksiyasi — bitta ovoz» tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda kun tartibidagi masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa maʼlumotlar:
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 20-mart holatiga koʻra shakllantiriladi.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 10-aprel holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlar yigʻilish materiallarini ish kunlari soat 10-00 dan 16-00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 7-uy manzilida olishga haqli. Maʼlumot uchun telefon: 0 (366) 222-09-79, 0 (366) 222-09-92.
Bosh direktor
«Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ Qurbonov J.N.